turna
bilan ulashing
Issiq oʻlkalarda botqoqlik va koʻllarda yashaydigan, oyogʻi, boʻyni, tumshugʻi uzun, boshida toji (sochi) bor koʻchmanchi qush.
-
Argʻimchoqqa oʻxshab tizilishgan turnalar P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻlkamizga nav-bahor elchilari — turnalar va qaldirgʻochlar uchib kela boshladilar. Gazetadan
-
Sochning oqarishi insonlar xususiyatidir, lekin turnalarning qarigan vaqtida sochi-toji kul-ranglikdan qoralikka almashadi. Gazetadan
turna soʻzi qatnashgan jumlalar:
Turna qator, turnaqator
-
Ogʻir yuk mashinalari turna qator boʻlib tosh-beton toʻkkanlari — bari koʻz oldimda. S. Anorboyev, Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar
-
Faqatgina uch oyda bir suv beradigan joʻmrak bor. Bu yerda ham togʻora koʻtargan kishilar turna qator tizilishib turadi. Mushtum
-
Mana shu ovozadan soʻng uyimizga turna qator sovchilar kela boshladi. T. Jalolov, Oltin qafas
TURNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУРНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
turna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar