turmush
bilan ulashing
1. Insonning, millat va xalqning yashash, kun kechirish tarzi, kundalik hayoti.
-
Yorqin turmush. Farovon turmush kechirmoq.
-
Yaxshi ishlasak, oʻz turmushimiz farovon, yurt obod boʻladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Turmush qattiqchiligini tatib pishgan Botirali dunyoda moʻjiza boʻlmasligini yaxshi biladi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Oʻrmondagi turmushni oʻz koʻzing bilan koʻrib turibsan. Har bir qultum suv, har bir burda non hisobli. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Umarali qisqa vaqt ichida oʻz hayotida yuz bergan oʻzgarishlarni esladi, keyin Gʻozining betayin turmushini koʻz oldiga keltirdi. I. Rahim, Ixlos
2. Biror xalq, ijtimoiy guruh va shu kabilarga xos hayot tarzi, urf-odatlar, rasm-taomillar majmui.
-
Yangi turmush.
-
Gavharning qarshisida, boya oʻzi oʻylagandek, olifta kiyinishni yaxshi koʻradigan qiz emas, koʻpni koʻrgan, turmushning past-u baland soʻqmoqlaridan oʻtib kelgan inson oʻtirar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ayb sizda ham emas, eski turmushda. Eski turmushda xotinlar har qanaqa erkakdan tortinadi, erkaklar har qanaqa xotinga tegishgisi keladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. fls. Jamiyatning oddiy hayot shart-sharoitlari majmui, obyektiv reallik.
-
Turmush ongni belgilaydi.
-
Qonunni turmushga singdirib yuboruvchi asosiy kuch bizning oʻqituvchilarimizdir. Gazetadan
4. so‘zlashuv tili Nikoh asosida yuzaga keladigan hayot, er-xotinlik holati, shu holatdagi hayoti.
-
Begimxonning koʻz oldida xarita emas, Erali jonlandi. Qanday totli edi ularning turmushi! I. Rahim, Chin muhabbat
-
U turmushi omonat ekanini, qachondir oilasi buzilishini koʻpdan koʻngli sezib yurar, ammo bunchalik sharmanda boʻlishini oʻylamagan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
5. Kishining butun borligʻi, boʻlgan-turgani.
-
Uning turmushi shu.
turmush soʻzi qatnashgan jumlalar:
Turmush(i) buzilmoq
-
Agar shunday tashlab qoʻyila bersa oʻrtaga sovuqchilik tushadi, oqibatda turmushlari buziladi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Turmush oʻrtogʻi
-
Rustam uyiga shirakayf keldi. Bir ozdan soʻng turmush oʻrtogʻi Shohista ham ishdan qaytdi. Gazetadan
Turmush qilmoq
-
Shu bola oʻksimasin, deb turmush qilmadim, non zavodiga kirib ishlab, oʻgʻlimni oʻqitishga kirishdim. Mushtum
-
Yigirma yil turmush qilib, bola koʻrmadim. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Biroq nayrangboz Abduvohid Hurixon Sattorova bilan ham silliqqina turmush qilib keta qolmadi. Mushtum
Turmush qurmoq
-
Ona shoʻrlik yigirma ikki yoshida beva qolib, shu-shu turmush qurmadi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Turmush qurganiga uch yil boʻlibdi-yu, hamon bu uyga koʻnikib ketolmaydi. Gazetadan
Turmushga chiqmoq
-
Qizlarning erki oʻzida, sevib, sinashib turmushga chiqishadi. Guldasta
-
Toʻrtinchi sinfga oʻtganimda, onam oʻzi bilan maktabda ishlaydigan oʻqituvchiga turmushga chiqdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
TURMUSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУРМУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
turmush so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar