umr
bilan ulashing
1. Tugʻilgandan to oʻlgungacha boʻlgan davr, yashash muddati, shu muddat davomidagi hayot, yashash.
-
Uzoq umr koʻrmoq. Umrining oxiri. Semiz qoʻyning umri kalta. Maqol
-
Hazratim, men mungli qizingiz sizga xudodan Shayx Saʼdiyning umrini tilabman! Ilohim, yuzga kiring! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
saxovatli Meʼmor hazratlarining umrlari uzoq boʻlib, doimo sihat-salomat boʻlsinlar, deb duo qilardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Shunday koʻrkam, dono, tadbirli xotinning umri ersiz oʻtib ketayotganiga baʼzilar achinsa, baʼzilar taajjubda edi. H. Shams, Dushman
2. Umuman, hayot, yashash.
-
Insonga umr bir marta beriladi. Ichkilik — umrning egovi. Sogʻlik — umrning garovi. Birovga oʻlim tilaguncha, oʻzingga umr tila. Maqol
umr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir umr
-
Boylik botqoqqa oʻxshagan narsa. Domiga bir tortsa, bir umrga gʻarq boʻlib ketishing turgan gap. F. Musajonov, Himmat
-
Zargarov ham bir umr kutgan A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
Umr bersa
-
Xudo umr bersa, yoʻling hali olis. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Umr boʻyi
-
Sunnatullo maxsum umr boʻyi savdo sohasida ishlasa ham ibratli hikoya va sheʼrlarni biladigan kishi edi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
Umr yoʻldoshi
-
Ushbuni koʻrsatuvchi Marasul Huzurjonovni tegishli umr yoʻldoshi oʻrtoq Nasibaxon Asqarova bilan tegishli daftaringizdan oʻtkazib A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
Umr kechirmoq
-
agar (odam) odam bolasiga oʻxshab umr kechiraman desa, unga shuncha koʻp narsa kerak boʻlar ekan!, — deb kular edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bir xotin bilan muhabbatli umr kechirmoq, menimcha, eng maʼqul ish. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Umr koʻrmoq
-
Uzoq umr koʻrib, baxt-saodatli yashayotgan keksalarimiz farovon hayotimizga fayz-tarovat bagʻishlab turishibdi. Gazetadan
Umr surmoq
-
Dunyoda yaxshi umr surding, or-nomusli, adolatli yashading T. Obidov, Yusufjon qiziq
Umr qilmoq
-
— Tenging emas, qizim! Sening ilming katta, uniki kichik. Umr qilib ketolmaysizlar, — dedi onasi Husniyaga. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
Umri bino boʻlib
-
Yodgor umri bino boʻlib bahorning kirib kelishini shu qadar diqqat bilan kuzatmagan ekan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Umri boqiy
-
Insoniyat qalbini munavvar etadigan ezgulikning — sheʼriyatning umri boqiy ekan, demak, shoir umri ham boqiy. Gazetadan
-
U baʼzan Shohruxni duo qilar, yurtda tinchlik boʻlsa, umri boqiy binolar qurib yurishini oʻylardi. Mirmuhsin, Meʼmor
Umri qisqa
-
Tuhmatning umri qisqa.
UMR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УМР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
umr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar