umumiy
bilan ulashing
1. Hammaga oid, hammaga tegishli; hamma uchun xizmat qiladigan; yagona.
-
Umumiy majlis. Umumiy majburiy taʼlim. Umumiy til. Umumiy harbiy xizmat.
-
Ongli intizom, umumiy ish uchun masʼullik tuygʻusi mehnat unumdorligini oshirishga yordam beryapti. Gazetadan
2. Biror narsa, hodisa va shu kabilarning barcha qismlari, sohalari, tarmoqlari uchun bir xilda tegishli boʻlgan, barchasini qamrab oluvchi.
-
Umumiy sarlavha. Umumiy roʻy-xat. Umumiy xulosa. Til taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari.
3. Muayyan boʻlmagan, aniq bir narsa haqida tushuncha bermaydigan.
-
Umumiy tasavvur. Notiq umumiy gaplardan nariga oʻtmadi.
4. Umuman hisobga olgandagi hammasi; butunicha, yalpi.
-
Umumiy mahsulot. Umumiy foyda.
UMUMIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УМУМИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
umumiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar