to‘lg‘oq
bilan ulashing
1. Tugʻish oldida qattiq ogʻriq, dard bilan boʻladigan (tutadigan) holat; dard.
-
Uni toʻlgʻoq tuta boshladi.
-
Sulton boʻzchining xotini Oysha bibini toʻlgʻoq tutib yotganda, koʻcha eshigini birov qoqdi. N. Safarov. Sulton boʻzchining nevaralari
2. koʻchma Ogʻir mashaqqat, qiyinchilik; bezovtalik.
-
Umaralining koʻziga Zunnunov qandaydir bezovta va sertashvish koʻrindi. Rostdan ham yarasi yangilanganga oʻxshaydi. Oʻzini qoʻygani joy topolmayapti. Toʻlgʻogʻi bejiz emas. I. Rahim, Ixlos
-
Malohat esa, rassomning ilhom toʻlgʻogʻidan bexabar: togʻ yonbagʻridagi tabiat jannatiga — koʻm-koʻk qirlarga sehrlanib tikilardi. I. Rahim, Tinimsiz shahar
TO‘LG‘OQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎЛҒОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘lg‘oq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar