o‘ta
bilan ulashing
Begona oʻtlarni yulib tashlamoq, oʻtoq qilmoq.
-
[Buvim] Tomorqada sabzi-piyoz oʻtaydi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Choʻlquvarlar yoz boʻyi gʻoʻzaning ichidan chiqishmadi, chopiq qilishdi, oʻtashdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
1. Ado etmoq, bajarmoq.
-
Direktorlik vazifasini oʻtamoq.
-
Ota bilan akasi uning bu istagini ham oʻtamay qoʻyishmadi. Mushtum
-
Doʻstlikning negizi sadoqat va samimiyatdir. Sodiq odam burchini vijdoni bilan oʻtaydi. M. Alaviya, Bolalarimning otasi
2. Biror vazifa, jazo va shu kabilar muddatini tugatmoq.
-
Qamoq muddatini oʻtamoq.
-
Sattor armiya safida xizmat muddatini oʻtab qaytdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Alimjon shogirdlik muddatini oʻtaganicha yoʻq. Gazetadan
3. Biror narsaga xos vazifani bajarmoq, shu vazifada qoʻllanmoq, foydalanilmoq.
-
Choyxona hali bu yerga koʻchmagan, bino hozircha klub vazifasini oʻtab turardi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Sultonovning ikki kapasi bor edi: bittasida tunashsa, ikkinchisi oshxona vazifasini oʻtardi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
O‘TA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar