varaq
bilan ulashing
1. Boʻyi va eni maʼlum hajmga ega boʻlgan, asosan yozish uchun ishlatiladigan qogʻoz, qogʻoz boʻlagi.
-
Ertoyev stol tortmasidan bir varaq qogʻoz olib, nimalarnidir tez yozdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
U bir varaq qogʻozga tajribaning formulasini shosha-pisha yozib koʻrsatdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Daftar, kitob va shu kabilarni tashkil etuvchi old-.orqa sahifadan iborat har bir qat, boʻlak.
-
Oʻz karavotida yonboshlab olib, kitob oʻqiyotgan Zulayho varaqlarni shitirlatib ochayotganida, unga qarab-qarab qoʻyar, ammo indamasdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ahmad varaqning uchini buklab, jurnalni yopdi. F. Musajonov, Himmat
-
Mashhur xattotlar katta pullar evaziga koʻchirgan, har bir varagʻiga nafis bezaklar ishlangan bu qoʻlyozma kitoblarning har biri bir necha ming dinor turishini Boburning yonida turgan Qosimbek ham bilar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. koʻchma Oʻtmish hayot, tarixning muayyan davrlari, qismlaridan har biri, sahifasi.
-
Uzilmasin zamonning rishtasi deya, Asrlarning orasi qolmasin deb boʻsh, Yemasin deb tarixning varagʻin kuya, Qullikka erk tilagi kerib turdi toʻsh. M. Shayxzoda, Toshkentnoma
varaq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻn varaq oʻtadi
-
Sizning sherigingiz Fayzi dasturxonchi boʻlsa, sizdan oʻn varaq oʻtadi. H. Shams, Dushman
VARAQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАРАҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
varaq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar