vasiqa
bilan ulashing
1. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida (jumladan, Turkistonda) yer-mulk oldi-sotdisi toʻgʻrisida tuzilgan rasmiy hujjat.
-
Oʻz uyimga oʻzim kira olmayman. Oʻz uyim. Vasiqam bor. A. Qahhor, Sarob
-
Sotuvchi va oluvchi oʻzaro kelishganlaridan keyin qozixonaga borib, vasiqa qilib, qozikalonga tegishli muhronani berib, muhr bostirganlar. S. Ayniy, Esdaliklar
2. Shaxsiy guvohnoma, hujjat.
-
Majdiddin muhrlar bosilgan bir taxta qogʻoz chiqarib: Mana bu sizning vasiqangiz, — dedi. Oybek, Navoiy
3. koʻchma Hujjat, dalil oʻrnidagi narsa.
-
Saylov byulleteni — bu oddiy qogʻoz emas. Bu — mehnat, ijod, baxt-iqbol vasiqasi. Gazetadan
-
Ariqlar chalgani shirin musiqa, barakat — kuzakdan darak — vasiqa. M. Shayxzoda
vasiqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vasiqasi yoʻq
-
diydasi qattiq bek va uning vasiqasi yoʻq yaqinlari uchun masala ayon. S. Azimov, Oppoq tong qoʻshigʻi
-
Men Asadni vasiqasi yoʻqroq, hoynahoy, bu mulohazaga qoʻshilmaydi, deb oʻylagan edim H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
VASIQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАСИҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vasiqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar