vodiy
bilan ulashing
1. Daryo boʻylab choʻzilgan yoki togʻlar orasidagi keng tekislik.
-
Daryo vodiysi. Togʻ vodiysi.
-
Katta-kichik vodiylarni qoplab yotgan tuman xuddi koʻlga oʻxshab koʻrinar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Bir tomoningiz — xarsanglar makoni, ikkinchi tomoningiz — ufqqa tutash yam-yashil vodiy. J. Abdullaxonov, Oriyat
2. Umuman ekin ekiladigan, obod yer.
-
Amudaryoni jilovlasak, Oʻzbekistonda butun-butun yangi paxta vodiylari yaratiladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. Umuman, mamlakat, yurtning bir boʻlagi; diyor.
-
Choʻlquvarlar bir maqsad — Surxon, Sherobodni bogʻ-rogʻli vodiyga aylantirish orzusi bilan yashamoqdalar. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Bu chol Gulistondagina emas, butun vodiyda chavandoz nomini olgan uloqchi edi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. koʻchma Biror narsa uchun xos boʻlgan joy, makon.
-
Aftidan, uning oʻzi ham afsonaviy goʻzallik vodiysini koʻrishga oshiqardi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Rotamiz jangchilari yaradorlarni koʻtarib chiqishar, halok boʻlganlar oʻrniga yordamchi jangchilarni ergashtirib, ajal vodiysiga kirib borishardi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
— Men oʻlim vodiysida xizmat qilganman, — dedi oshpaz. Oybek, Quyosh qoraymas
vodiy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Junun vodiysi
-
Junun vodiysiga moyil koʻrarmen joni zorimni. A. Navoiy.
Ishq vodiysi
Fano vodiysi
-
Chiqolmay sira maʼlum girdobdan, Fano vodiysini kezgan bandalar. Gʻayratiy
VODIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВОДИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vodiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar