vujud
bilan ulashing
1. Kishining butun borligʻi, joni-tani; aʼzoyi badan.
-
Xoʻjabekov boʻm-boʻsh koʻchada yakka oʻzi. Butun vujudi asabiy titraydi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Ota dom-daraksiz ketgan yolgʻiz oʻgʻli Razzoqni eslab, butun vujudida allaqanday bir holsizlik sezdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
U qop-qora, qotma, vujudi pay bir yigit boʻlib, aftidan yoshini chamalash qiyin edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. koʻchma Odam, shaxs, zot.
-
[Otabek:] — Sizmi, Kumush? — deb soʻradi. [Kumush:] — Men, men! — Bu savol-javob ila ikki vujudning hamma hasratlari, alamlari bir-birlariga anglashilgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Umuman, jonli va jonsiz narsalarning borligʻi, jismi.
-
Jamiki mavjudotning vujudida ham tebranma harakatni koʻramiz. Fan va turmush
vujud soʻzi qatnashgan jumlalar:
Butun vujudi bilan
-
Mana shu baxtiyor kunlarni xalqimiz oʻzining qoni bilan, joni bilan, butun vujudi bilan himoya qilgan. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Ustoz gaplarini tushunib olish uchun butun vujudim bilan tinglardim. N. Safarov, Olovli izlar
-
Saidqosim oʻrinbosarlik ishiga butun vujudi bilan kirishdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Vujudga kelmoq
-
Uning [Botiralining] hisobicha, shu poyonsiz toʻqayning oʻzida bir necha yangi qishloq vujudga kelishi mumkin. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Non qanchadan-qancha kishilarning halol mehnati bilan vujudga keladi. Gazetadan
VUJUD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВУЖУД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vujud so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar