xarob
bilan ulashing
1. Qarovsiz qolgan, buzilgan, vayron; noobod.
-
Xarob shahar. Xarob bogʻ. Karvonsiz — yoʻl xarob, Oqsoqolsiz — el xarob. Maqol
-
Bunday mish-mishlarni eshitgan uydagilarning ham, bu (imorat) eski imoratingizdan ham xarob-ku, deb raʼyi boʻlmadi. Shukrullo, Saylanma
2. Moddiy yoki maʼnaviy jihatdan ahvoli tang.
-
Zar boʻlmasa, zargar xarob, Yer boʻlmasa, dehqon xarob. Maqol
-
Shunday yonidagi doʻstining oilasi xarob yashashiga aslo eʼtibor bermagan ekan. Yoshlik
3. Eski, yupun, juldur.
-
Ust-boshi xarob odam.
4. Ozgʻin, oriq, nimjon; koʻrimsiz.
-
Xarob ot.
-
— Nimasi zotli, oʻzimizning jaydari qoʻylardan ham xarob-ku! — ajablandi choʻpon. Mushtum
xarob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xarob boʻlmoq
-
Osting-da oʻynaydi Gʻirkoʻk tulporing, Sensiz xarob boʻlar gul-u gulzoring. Goʻroʻgʻli;
-
Rizo tosh yoki butaga ilkis qoqinib yiqilar, oʻsha zahoti oʻrnidan turib ketar, boʻlmasa, tanasi mana bu chagʻir toshlar ustida timdalanib xarob boʻlardi. Yoshlik
-
Qadam bosma, mening koʻnglim xarob boʻlgan, azizim Yoshlik
Xarob qilmoq (yoki etmoq)
-
Koʻp ellarni xarob qildi janjaling Goʻroʻgʻli
-
Umringni xarob etma oʻtguvchi havas birlan Uygʻun
-
Bu odamni aroq xarob qilgandi. Sharq yulduzi;
-
Yaxshi xotin arpa unini kabob qilar, Yomon xotin bugʻdoy unini xarob qilar. Maqol
XAROB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАРОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xarob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar