xazina
bilan ulashing
1. Biror shaxs, tashkilot yoki davlat ixtiyoridagi qimmatbaho buyumlar; mablagʻ; boylik; davlat.
-
Mirzakarimboyning xazinasi Gulnorniki. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Temur Osiyoning hamma qismidan hadsiz-hisobsiz xazina yigʻdi, lekin ularni xasis odamlar kabi saqlamadi. Fan va turmush
2. huquq Yer ostiga koʻmilgan yoki boshqa usul bilan yashirib qoʻyilgan, egasini aniqlash qiyin boʻlgan pul yoki qimmatbaho buyumlar (bular topilsa, davlat mulkiga oʻtadi va uni topgan kishi tegishli tartibda mukofot oladi).
3. Davlat puli, qimmatbaho narsalari, umuman, boyligi saqlanadigan joy.
-
[Husayn:] Xazinamda har qancha zar, har qancha aqcha boʻlsa, yurtning obodonligi uchun sarf etishga vaʼda beraman. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
4. Oltin, kumush kabi qimmatbaho narsalar koʻmilgan, yashirilgan joy, dafina.
-
Yoʻl quvlagan xazinaga yoʻliqar, Gap quvlagan bir baloga yoʻliqar. Maqol
-
Sherbek bu nuroniy cholning kimligini bilib, xazina topgan kishiday suyunib ketdi. S. Anorboyev, Oqsoy
5. Markazlashgan davlatlarda ularning moliyaviy zaxiralari majmui.
-
Xazina biletlari.
6. Yer yoki tabiat boyliklari, tabiiy boylik.
-
Yer — xazina, suv — oltin. Maqol
-
Oʻzbekiston yeri — koni xazina, Xalqi — olim, dehqon kamtar kamina. Habibiy
-
Vatanimizning tuprogʻi — oltin, togʻ-u adirlari, choʻl-u sahrolari — tuganmas xazina. S. Zohidov, Togʻlar bosh egmoqda
7. koʻchma Madaniy va maʼnaviy boyliklar, durdona asarlar majmui.
-
Roman [Sarob] 20 yil davomida adabiyotning bebaho xazinasidan olib tashlandi. Gazetadan
-
Donolar taʼrificha, kitob — bilim manbai, insoniyat toʻplagan hikmatlar xazinasi. M. Joʻra, Noshirnoma
XAZINA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАЗИНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xazina so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar