xazon
bilan ulashing
1. Kuzda sargʻayib toʻkiladigan barglar.
-
Yoʻl boʻyidagi dov-daraxtlar ostida xazonlar toʻkilib yotibdi. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
-
Yengil shamol oʻtdi, xazon toʻkildi. Yoshlik
2. Zardoʻzlikda ishlatiladigan bezak turi: soʻligan barg tasviri.
xazon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xazon boʻlgur!
-
[Hoji ona:] Bor, yuz-qoʻlingni yuvib chiq, xazon boʻlgur! Hamza, Boy ila xizmatchi
Xazon boʻlmoq
-
Bu gul subh shabnamini ham koʻrmay xazon boʻldi. H. Ziyoxonova, Birinchi maktub
-
Gul edim, xazon boʻldim, naylayin, Ado boʻlmas dardga qoldim, naylayin. Malikayi ayyor
-
[Azizxon] Yasha, polvon bola deb olqishlaganlarga qaramas, niyatiga yetmay xazon boʻlgan Lutfinisani oʻylar edi: S. Ahmad, Ufq
-
Bevaqt xazon boʻlmay har kim Yashab oʻtsin dunyoda. A. Oripov
-
Nazira., yuzaga chiqmay xazon boʻlgan sevgi alamidan xoʻrligi kelib, taqdirni qargʻardi. S. Ahmad, Ufq
Xazon qilmoq
-
Qir tomondan nogahonda boʻri yoki qoplon chiqib, bir talay qoʻy-qoʻzini xazon qilib ketganini bilib qolasan. Y. Muqimov, Qizilqum pahlavoni
-
Oʻynab yurgan bachchalarin Hammasin xazon qiling. Gulnorpari
XAZON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАЗОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
XAZON so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan XAZON so‘ziga berilgan ma’nolar
xazon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
xazon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar