xijolat
bilan ulashing
Uyatdan oʻzini noqulay, oʻngʻaysiz sezish; uyalish hissi.
-
Oshno xijolatdan qizardi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
— Voy, meni deb loyga belandingiz, — dedi ayol xijolat bilan. S. Ahmad, Ufq
xijolat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xijolat boʻlmoq (yoki tortmoq, chekmoq)
-
Gʻafur akaning oldida bundan bir oz xijolat boʻldim. Shukrullo, Saylanma
-
Ali polvonning bu gapidan xijolat tortgan Esh polvon unga zardali qarab oldi. S. Ahmad, Ufq
-
Norqoʻzining bunday maqtovini eshitgan Feruza xijolat chekdi. H. Gʻulom, Feruza
Xijolat qilmoq yoki xijolatga qoʻymoq
-
Bahodir nojoʻya harakati bilan Oqilani xijolatga qoʻyganidan qattiq oʻkinar, lekin ish oʻtgan edi. M. Jaloliddinova, Keyinroq
Xijolatda qolmoq
-
Elmurod xijolatda qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
XIJOLAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХИЖОЛАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xijolat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar