xil
bilan ulashing
Biror narsaning navi, turi; zot, jins.
-
Ikki xil fikr. Atlasning yetti xil rang jilosi.
-
Lekin Karim Toirov degani ham boʻsh kelmaydiganlar xilidan ekan. S. Ahmad, Yulduz
-
Ichimliklarning qaysi xilidan soʻrasangiz — tayyor. S. Zunnunova, Olov
-
Dildor qoshlarini, yelkalarini uchirib, ming xil muqom bilan qoʻshiq aytardi. S. Ahmad, Ufq
xil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir xil
-
Kunlar bir xil, kunlar zerikarli. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Tosh koʻzaga tushsayam, koʻza toshga tushsayam, oqibat bir xil — tosh sinmaydi, koʻza sinadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Koʻp lashkar vagʻirlashdi, Togʻlarning qushi uchdi. Qoʻrqoqning hushi uchdi, Bir xili otdan tushdi. Yusuf va Ahmad
Bir xil boʻlib ketmoq
-
U boʻyinbogʻini bogʻlarkan, xotiniga razm solib, koʻngli bir xil boʻlib ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Xil tushmoq (yoki kelmoq)
-
Koʻp oʻtmay [Nabijon bilan raisning] oralaridan ola mushuk oʻtadigan, gaplari gaplariga xil kelmaydigan boʻlib qoldi. F. Nasriddinov, Ota oʻgʻli
XIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar