xira
bilan ulashing
1. Yorugʻ, ravshan emas; nursiz.
-
Xira yorugʻ uning yuzini bir damgina yoritadi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Shiftga ilingan toshchiroq chayla ichini xira yoritib turardi. Yoshlik
2. Tiniq, shaffof emas.
-
Xira suv.
-
Tramvayning xira oynasidan boʻsh vagonda oʻtirib ketayotgan konduktor lip etib bir koʻrinishdayoq Zaynabning butun xayolini oʻgʻir-lab ketganini bilarmikan? S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
3. Noaniq ravishda; yaqqol koʻzga tashlanmaydigan.
-
Shundan soʻng ular huv olisda koʻzga xira tashlanib turuvchi sarbaland togʻlar tomon yurib ketishdi. Yoshlik
4. Yaxshi koʻrolmaydigan, koʻrish qobiliyati past.
-
Mana shunday maʼnoli Buvim aytgan soʻzlari. Elektrdan nur olar Endi xira koʻzlari. Z. Diyor.
-
Oqsoqolning xira koʻzlari chaqnadi, achchigʻi keldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
5. koʻchma Jaranglab chiqmaydigan, xirillagan (ovoz haqida).
-
Xira ovoz.
-
— Bolam, qorning toʻq ekan, ovozing xira chiqdi, — dedi dadasi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. koʻchma Gʻashga tegadigan; shilqim, sur.
-
— Boʻldi! Muncha xira pashshaga oʻxshab gʻingshiysan! — dedi u zardasi qaynab. Yoshlik
-
Xira mehmon shunda ham nari ketmadi: — Lekin men bugun shu yerda tunashim kerak. X. Sultonov, Onamning yurti
7. koʻchma Noaniq; chigil.
-
Xira oʻylar yuragini gʻash qilar edi. Yoshlik
8. koʻchma Kishini xursand qilmaydigan, koʻngil toʻlmaydigan; kamchiligi bor.
-
Yutuqlarimiz koʻp. Biroq ishimizning ayrim xira tomonlari ham bor. Gazetadan
xira soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻz(i) xira tortmoq
-
Koʻzim xira tortganmi, bilmayman, uni zoʻrgʻa tanidim. Yoshlik
Koʻngli (yoki taʼbi) xira
-
Biroq Salomat opa choyga uringanda, yana birdan koʻngli xira boʻla boshladi. A. Muxtor, Hayotga chaqiriq
-
Koʻngli gʻash, taʼbi xira boʻlib yotgan Gulxayri ichkari xonaga oʻtib ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Xira tortmoq
-
Oy ham butunlay xira tortib, ufqqa yonboshladi. A. Muxtor, Kumush tola
Xira qilib yotmoq
-
[Toʻnka] Yotardi xira qilib Hovlimiz bir burchini. Q. Muhammadiy
XIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar