xiralan
bilan ulashing
1. Oʻz shaffofligini, tiniqligini, ravshanligini yoʻqotmoq; xira boʻlib qolmoq, xiralashmoq.
-
Quyosh botdi, oqshom choʻkdi dalaga, Xiralanib kelar qoʻriq etagi. Gʻ, Shodi
2. Kuchsizlanmoq, zaiflashmoq, nur sochish, yoritish darajasi kamaymoq, yaxshi koʻrinmaydigan boʻlib qolmoq.
-
Tuman quyuqlashib, oy xiralandi.
-
Yulduzlar xiralanib, jimgina soʻnarkan, Shokir ota uning qoʻlidan tutib, kuch bilan sudrab yetakladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Siyrak oq bulut orqali xiralanib koʻringan quyosh gʻarbga qarab yumalay boshlagan bir paytda otliqlar qishloqqa kirib kelib, oʻzlarini oʻrab olgan odamlardan oqsoqolni soʻradilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Koʻrish qobiliyati pasaymoq, yaxshi koʻrolmaydigan boʻlib qolmoq; xiralashmoq.
-
Ertak eshitishga qiziqqan boladek [Elmurod] cholning xiralangan koʻzlariga tikildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. koʻchma Birovni zeriktiradigan, gʻashiga tegadigan darajada harakat qilmoq, xiralik qilmoq; shilqim boʻlmoq.
-
Bola xiralanib, onasiga yopishardi. Gazetadan
XIRALAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХИРАЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xiralan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar