xo‘ja
bilan ulashing
1. eskirgan Biror kimsaning yoki narsaning egasi; xoʻjayin.
-
Soʻng [mulozim] yaltoqlanib, xoʻjasiga oʻgirildi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Xoʻjasi uning [otning] yollarini silayotganda, Laʼli unga gʻamza qilib: — Otingizga namuncha xushtorsiz? — dedi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Mardon Yoʻlchiyevichga qaraganda uy xoʻjasi Sarimsoq akaning yoshi ulugʻroq edi. J. Abdullaxonov, Oriyat
2. tarixiy Oʻzlarini choryorlarning avlodlari deb hisoblovchi musulmonlarning faxriy nomi.
-
Xoʻjalar muayyan imtiyozlarga ega boʻlganlar. OʻzME
3. etn. Oʻrta Osiyoda ilgari maʼlum imtiyozga ega boʻlgan oqsuyaklar va ularning avlodlari; zid. fuqaro.
-
Abdurasul, men sizga aytsam, bizning Qamishkapa eskidan urugʻga ajrab keladi: fuqaro va xoʻja. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Xoʻjazoda erkaklar ismiga qoʻshiladi.
-
Madaminxoʻja tol soyasida oʻtirgan ekan, bularni koʻrib, darrov oʻrnidan turdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
xo‘ja soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xoʻja koʻrsinga (yoki koʻrsin uchun)
-
Xoʻja koʻrsinga ishlab turmoq.
-
Baʼzilar faqat xoʻja koʻrsin uchun [ishga] chiqadi. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
XO‘JA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХЎЖА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xo‘ja so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar