xo‘jalik
bilan ulashing
1. iqt. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining tegishli taraqqiyot bosqichiga muvofiq keluvchi ishlab chiqarish munosabatlari majmui; ijtimoiy ishlab chiqarish usuli.
2. Ishlab chiqarishni tashkil etadigan, uni yuzaga keltiradigan omillar; ishlab chiqarish majmui; ishlab chiqarish.
-
Mamlakat xalq xoʻjaligi. Qishloq xoʻjaligi.
-
Oqsoqol choydan yana hoʻpladi-da, har kim oʻz mol-jonini hisobdan oʻtkazishi lozimligini, rayon xoʻjalik tashkilotlarining bu ishni shoshiltirayotganini gapirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Ishlab chiqarishning biror sohasi, tarmogʻi.
-
Suv xoʻjaligi. Oʻrmon xoʻjaligi.
-
Shunday qilib, binokorlik brigadasi kolxozning boshqa xoʻjalik tarmoqlaridagi eng sara va muhim brigadalar qatoriga kirib oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Biror kimsa, tashkilot yoki xalq ixtiyoridagi barcha moddiy boylik, mulk-ashyo, yer-suv, uy-joy, asbob-uskuna va jihozlar.
-
Sal kunda kolxoz xoʻjaligi bir qadar tartibga tushganday boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Qishloq xoʻjaligidagi va umuman oʻz yer-suviga, mulkiga, ishlab chiqarish vositalariga eta boʻlgan har bir alohida ishlab chiqarish birligi, korxona.
-
Tangriqul hoji baquvvat xoʻjalik edi. Gʻulom aka yel kelsa yiqiladigan bequvvat xoʻjalik edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Keyingi yillarda men rahbar boʻlgan xoʻjalik negadir oqsab qoldi. Mushtum
6. Alohida uy-joyga eta boʻlgan har bir oila, xonadon.
-
Yoyishga joyi boʻlmagan xoʻjaliklargina mollarini ogʻilxonaga qamab boqadi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
— Bugun biz kolxoz-da oltmish xoʻjalik boʻlsak, erta-indin toʻqson, yuz xoʻjalik boʻlamiz, — dedi Abdurasul. P. Tursun, Oʻqituvchi
xo‘jalik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xoʻjalik mudiri
-
Kolxoz xoʻjalik mudiri bir arava lom keltirib tashladi. I. Rahim, Chin muhabbat
1. eskirgan Biror kimsa yoki narsaga egalik, xoʻjayinlik.
2. Xoʻja avlodiga mansublik.
XO‘JALIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХЎЖАЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xo‘jalik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar