xos
bilan ulashing
1. Biror kimsa yoki narsaning oʻzigagina oid, oʻzidagina boʻladigan.
-
Bolalarga xos qiliq. Rahbarning oʻziga xos ish uslubi.
-
Klara ayollarga xos chiroyli harakat bilan sochini orqasiga tashlab yubordi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Chol keksalarga xos boqish bilan bir zum tikildi: — Kel, chirogʻim, nima xizmat? Oybek, Tanlangan asarlar
2. Biror shaxsning oʻzigagina tegishli boʻlgan, oʻzigina foydalanadigan; shaxsiy.
-
Oq otliq Bobur mirzo yuzdan ortiq beklari va xos navkarlari bilan togʻ etagiga yaqinlashib qolgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
xos soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻziga xos
-
Shahrimiz meʼmorchilik qiyofasi oʻziga xos goʻzallikka ega. Gazetadan
XOS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xos so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar