xush
bilan ulashing
Yaxshi, yoqimli.
-
Yaxshi kuy va qoʻshiq insonga xush kayfiyat bagʻishlaydi. Gazetadan
-
Dimogʻga bir xush hid uradi Bogʻlar oshib kelgan shabboda. X. Saloh
xush soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vaqti (yoki koʻngli) xush
-
Vaqti xush boʻp, karnay-surnay qoʻyadi, Oʻyinchi, sozanda bari keladi. Bahrom va Gulandom
-
Farhodning koʻngli xush boʻlib, Oilasi ham birga ketdi. Bahrom va Gulandom
Xush yoqmoq
-
Bunaqa shart ellikboshiga albatta xush yoqadi-da! Darrov hovlini oʻz bahosidan ancha ortiqqa olibdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Xush kelibsiz! yoki xush keldingiz!
-
— Xush kelibsiz, safo kelibsiz, juda xursandman, — dedi uy egasi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
Xush kelmoq
-
Uning oʻziga sariq atlas xush kelsa-da, biroq hozir oʻz xohishini bir yoqqa qoʻya turib, Otabek koʻnglicha kiyinishga qaror qildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Xush koʻrdik
-
[Bobur: ] — Xush koʻrdik, begim, — dedi-da, unga oʻng yelkasini tutdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Xush koʻrmoq
-
Ammo Anvarning ayniqsa xush koʻrgan kishilaridan birinchisi Raʼno va ikkinchisi Nasim ismli bola edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Xush endi!
-
Mening bilan birga kelgan Mehribonlar, xush endi! Bahrom va Gulandom
Xush qoling
-
Azamatlar, naʼra sherlar Beg-u xonlar, xush qol endi! Erali va Sherali
Xushi yoʻq
-
Dasturxonda holva, novvot, murabbo Zargarovning bularga xushi yoʻq A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
Xushi kelmoq
-
Bundaylar haqida xalqda koʻcha xandon, uy zindon, degan naql bor. Chunki xushi kelganda, undan quvnoq odam yoʻq. J. Abdullaxonov, Oriyat
Xushiga kelsa
-
Xushingga kelsa — shu, boʻlmasa, bilganingni qil.
XUSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xush so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar