xushbichim
bilan ulashing
1. Yaxshi tikilgan; kiyganda yarashadigan, bichimi yaxshi (kiyimlar haqida).
-
Xushbichim doʻppi. Xushbichim kostyum,
-
Oʻgʻiloy choʻlquvarlar farzandlariga chiroyli va xushbichim kiyimlar tikib berdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. Boʻyi-basti kelishgan, qaddi-qomati chiroyli.
-
Xushbichim yigit.
-
Bir bayram kechasida uning [Nazokatning] sermaroq raqsi va xushbichim qaddi-qomatini koʻrgan qandaydir mehmon uni balet maktabiga taklif qildi. Shuhrat, Umr pogʻonalari
3. Tashqi qiyofasi, tuzilishi, koʻrinishi chiroyli, kelishgan.
-
Xushbichim imorat.
-
Ulardan biri [Aliyev] barvasta qomat, quyuq qora qoshli, xushbichim chehrali yigit edi. H. Shayxov, Rene jumbogʻi
XUSHBICHIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХУШБИЧИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xushbichim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar