xushro‘y
bilan ulashing
1. Chiroyli; goʻzal.
-
Xushroʻy qiz. Xushroʻy yigit.
-
Urush vaqti. Dekabr oqshomlaridan birida xushroʻygina juvon Toshkentning sobiq eski shahari koʻchalaridan shoshib borardi. F. Xoʻjayev, Onadek mehribon
-
— Yovonimizda Jumagul otli bir qiz bor. Unday xushroʻyi yoʻq — dedi toʻra Ashir mahramga. J. Sharipov, Xorazm
2. ravish Ochiq chehra bilan, samimiy.
-
Xushroʻy qarshilagan yoshgina, qorachadan kelgan, istarasi issiq bir xotin [Iskandaroga] chelakda suv tutdi. Oybek, Nur qidirib
-
Saodat ularga odatdagidek kulib, xushroʻy javob qilib oʻtirdi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Xushroʻy (xotin-qizlar ismi).
XUSHRO‘Y so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХУШРЎЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xushro‘y so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar