yetti
bilan ulashing
1. 7 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor.
-
Yetti kishi. Yetti soʻm. Yetti metr. Yetti mehnat kuni. Yetti oʻlchab, bir kes. Maqol
-
Yomondan qorovul qoʻy-sang, yov yetti boʻlar. Maqol
2. etn. Vafotning toʻrtinchi kuni oʻtkaziladigan marosim, maʼraka.
-
Kecha, odatga muvofiq, nari-beri yetti qilindi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, maʼnoni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
-
Yetti uxlab tushimga kirmagan. Yetti qovun pishigʻi bor.
-
Mullajon amaki yetti mahallaning katta ustasi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Bolaning koʻngliga qarab rasvo qilyapsizlar, yetti xuftonga qadar yurishga chakki oʻrgandi. Oydin
-
Nomi yetti qishloqqa ketgan Buvnisa xonim-a! R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
yetti soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yetti bukilmoq
Yetti yot begona
Yetti iqlim
Yetti ogʻayni
Yetti pusht
Yetti xuftongacha
Kichik yetti ogʻayni
YETTI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕТТИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yetti so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar