yetuk
bilan ulashing
1. Jismoniy jihatdan toʻla rivojlangan, kamolotga erishgan.
-
Tirqishdan moʻraladim: Yoʻlchi, ham yetuk bir qiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qirq ha deguncha oʻtib ham ketdi, Oʻgʻlingning koʻrsayding yetuk kamolin. Gʻ. Gʻulom
2. Ilm, hunar, tajriba va boshqalar jihatlardan pishib yetgan, yetarli malakaga ega, barkamol.
-
Yetuk olim. Yetuk mutaxassis. Yetuk sanʼat-kor.
-
Bizda yetuk adabiyot muallimlari borligiga ishonamiz. Gazetadan
-
Mukammal koʻrmoqchi boʻldik dunyoni, Yetuk boʻlolmadik oʻzimiz biroq. A. Oripov, Yillar armoni
-
Buyuk, yetuk odamlar kamtar, kamsuqum boʻlishini bu dono qiz yaxshi bilardi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Talab, meʼyor jihatidan mukammal darajaga ega, yuqori saviyali.
-
Yetuk badiiy asar.
-
Lutfiy gʻazallari asosida yaratilgan musammatlar Navoiy tomonidan Lutfiyning yuksak shoirlik iqtidorining, yetuk badiiy mahoratining soʻzsiz tan olinganligiga ishonchli dalildir. OʻTA
YETUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕТУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yetuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar