yiqil
bilan ulashing
1. Tik holatini yoʻqotib, yer tomon tushmoq; qulamoq.
-
Koʻkka boqqan yiqilar. Maqol
-
Said Jalolxon oʻrnidan turgan edi, gandiraklab yiqildi. A. Qahhor, Bashorat
-
Isfandiyorxon Avazning betiga shapaloq tortib yubordi. Avaz gandirakladi-yu, yiqilmadi. S. Siyoyev, Avaz
-
Koʻchada gursillab devorlar yiqiladi, sharaqlab daraxtlar qulaydi. A. Qahhor, Bashorat
2. Tepadagi joyidan pastga tomon qulamoq.
-
Daraxtdan yiqilmoq. Tomdan yiqilmoq.
-
Chavandozlardan biri marraga yaqin qolgan-da, otdan yiqilib tushdi. K. Yashin, Hamza
3. Kurashda yengilmoq, magʻlubiyatga uchramoq.
-
Yiqitgan mard emas, yiqilganni turgʻizib qoʻygan mard. Maqol
-
Yiqilgan kurashga toʻymas. Maqol
4. koʻchma Imtihonda yomon baho olmoq, sinovdan oʻtolmay qolmoq.
-
[Nigora] Toshkentga oʻqishga kelgan ekan, kimyodan topshira ol-may yiqilibdi. M. Qoriyev, Oydin kechalar
5. koʻchma Hokimiyatdan mahrum boʻlmoq, ajralmoq; agʻdarilmoq; yoʻq qilinmoq.
-
Mustabid hokimiyat yiqildi.
YIQIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИҚИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yiqil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar