yiqit
bilan ulashing
1. Kuch bilan qulatmoq, agʻdarmoq; agʻnatmoq, buzmoq.
-
Shamol daraxtlarni yiqitdi. Devorni yiqitmoq.
-
Chakalakzordan katta-kichik daraxtlarni yiqitib, majaqlab chiqqan tank Ahmadjon tomon kela boshadi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Balandlikdan pastlikka tushirib yubormoq; qulatmoq.
-
Tomdan yiqitib yubormoq.
3. Kurashda gʻolib chiqmoq, ustun kelmoq; kuch bilan yerga yotqizmoq.
-
— Yiqitgan polvon yiqilganni koʻtarib qoʻyadi, — dedi Oʻrmonjon Qurbon otaga koʻz qisib. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. koʻchma Kuch, zoʻr bilan hokimiyatdan mahrum qilmoq, chetlashtirmoq; yoʻq qilmoq.
-
Rahmatxonning ovozi yigʻin tepasida yangrab ketdi: — Xalq podshoni yiqitdi. Lekin xalqning ahvoli oʻzgarmadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
5. koʻchma Imtihon, sinovda yomon baho qoʻymoq; imtihondan oʻtkazmay qoʻymoq.
-
Ikki marta darsga qatnasha olmagani uchun fransuz tili oʻqituvchisi uni imtihonda yiqitmoqchi boʻldi.
YIQIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИҚИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yiqit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar