yoqla
bilan ulashing
1. Tarafini olmoq, quvvatlamoq.
-
Direktorning fikrini yoqlab gapirmoq.
-
Koʻnglingizga kelmasin, men Boltaboyni yoqlamoqchi emasman kolxozchilarning raʼyi shu boʻlsa, bunga na siz qarshi chiqa ola-siz, na men. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Vatan ishqi, yangi davr talabini yoqlay-man. Gʻayratiy
2. Maxsus yigʻilishda muhokamaga qoʻyilgan ishni (loyiha, dissertatsiya, diplom ishi va shu kabilarni) maʼqullatib, munosib daraja yoki unvon olmoq; himoya qilmoq.
-
Diplom yoqlamoq.
-
H. Berdiyorovning Hozirgi zamon oʻzbek tilida soʻng koʻmakchilar temasida yoqlagan dissertatsiyasini buyuk alloma Ayniy yuqori baholadi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Gazeta Umidning muvaffaqiyatli dissertatsiya yoqlaganligini aytib, fotosurati bilan ixchamgina xabar bosdi. Mirmuhsin, Umid
YOQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yoqla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar