zakot
bilan ulashing
1. din. Shariatga muvofiq, puldor, badavlat musulmonning oʻziga qarashli mol-mulki va daromadining qirqdan bir ulushi miqdorida (roʻza vaqtida) beva-bechoralarga, kambagʻal-qashshoqlarga beradigan xayr-sadaqasi.
-
Mana, Fargʻonaning eng aziz, eng badavlat, eng xalqparvar odami — Sodiq-jon boyvachcha yaqinda butun Qoʻqon xalqiga zakot berdilar. K. Yashin, Hamza
2. tarixiy Oʻrta Osiyo xonliklarida: chorva va mol-mulkning qirqdan bir ulushi miqdorida har yili xazina foydasiga olingan soliq.
-
Soliqlarning uchinchi turi — zakot — mol-mulkdan olinadigan davlat soligʻi edi. F. Ozodayev, Toshkent tarixidan ocherklar
-
dehqonlar kosiblar hamisha amirning xiroj, zakot singari soliqlarining jabrini tortar xonavayron boʻlardi. Gazetadan
ZAKOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАКОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan ZAKOT so‘ziga berilgan ma’nolar
zakot so‘ziga yangi izoh qo‘shing
zakot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing