zarhal
bilan ulashing
1. ot Tilla, kumush yoki bronza kukunidan tayyorlangan yaltiroq boʻyoq.
-
Zarhal berilgan piyola. Zarhal bilan yozilgan shior.
2. sifatdosh Shunday boʻyoq bilan yozilgan, chizilgan yoki oltin suvi yugurtirilgan; zarrin, zar bilan qoplangan.
-
Ichi zarrin ipak, usti qimmatbaho mayin movut bilan qoplangan bu chodirlarning zarhal chilvirlari kumush qoziqlarga bogʻlangan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
[Navoiy] Zarhal eshikni ochib, ichkari kirdi. Oybek, Navoiy
3. koʻchma Zardek nurafshon, yarqiroq.
-
Mana, oltin kuz yangi yerlarga ham zarhal chodirini yozdi. Sh. Gʻulomov, Boʻz yerlik boʻz yigitlar
ZARHAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАРҲАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zarhal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar