zargar
bilan ulashing
1. Oltin, kumush va turli qimmatbaho toshlardan zeb-ziynat buyumlari yasaydigan usta.
-
Zargar qoʻlda ishlaydi, bu esa aniqlikni, batartiblikni talab qiladi. Gazetadan
-
Xorazm tuprogʻida yetilgan totli mevalar, turkman otlari, eroniy gilamlar, Xiva zargarlari ziynatlagan tilla buyumlar, toy-toy ipak oʻramlari imperator hazratlariga peshkash qilindi. S. Siyoyev, Avaz
-
Zargar yasar tillaqosh, Kelinchaklar taqsin deb. Oq olma, qizil olma
2. koʻchma Biror sohaning yetuk ustasi.
-
Mohir soʻz zargari Alisher Navoiy har bir ijrochining mahoratiga qisqa-qisqa, lekin mantiqan kuchli, aniq xarakteristika beradi. Gazetadan
-
Moʻl-koʻl hosil yetishtirish uchun dehqonlar zargar kabi ishlashlari darkor. Gazetadan
ZARGAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАРГАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zargar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar