zardob
bilan ulashing
1. Qatiq yoki ivigan sutdan ajralib chiqadigan sargʻish suyuqlik.
-
Sutga yoki qatiq zardobiga qorilgan xamirdan tayyorlangan non xushtaʼmlik xossasiga ega boʻladi. Fan va turmush
-
— Ha, aytganday, sal boʻlmasa esimdan chiqay depti, keyinroq xurmachaning ustini ochib qoʻygin, oʻzing bilasan-ku, bolam, yana, zardob yigʻib, uyimay qolmasin. S. Anorboyev, Sherali
2. Kasallangan yoki jarohatlangan aʼzodan ajralib chiqadigan suyuqlik.
-
Shakar qoʻshib isteʼmol qilinadigan tolqon — zardobi qaynovchi barcha kishilarga davodir. Gazetadan
3. tibbiy Qon va limfaning ivishidan hosil boʻladigan suyuqlik va undan tayyorlanadigan suyuq dori.
-
Davolash uchun yuboriladigan dorilar oʻrtasida hozirgi kunda zardob [sivorotka] vaksinalar soni ortib bormoqda. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
4. koʻchma Dard-alam.
-
Shahzodaxon shularni oʻylaydi, yuragiga yigʻilib, unga tobora ozor berayotgan zardobni qanday boʻshatish yoʻlini izlaydi. K. Yashin, Hamza
-
Evoh. Bu ham toʻxtamadi, oʻtdi. Qalbga zardob boʻlib tomdi oʻkinchi. A. Muxtor
zardob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zardob yutmoq
-
Suhbat qilsang Zuhra bilan gulbogʻda, Men yashirin zardob yutdim shu chogʻda. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
-
Beklarning ishqidan zardob yutaman, To oʻlguncha beklarni yod etaman. Yusuf va Ahmad
[Yuragi] zardobga toʻlmoq
-
Xoʻp, mayli, oʻzim ham yotaverib, yuraklarim zardobga toʻlib ketdi. N. Aminov, Suvarak
-
Yoqubjon negadir zardobga toʻlib oʻtirgan ekan, shekilli, doʻngʻillab javob berdi. A. Qahhor, Sarob
-
Ibn Sino shularni oʻylab, yuragi zardobga toʻldi-da, koʻzining bir chekkasidan yumalab chiqqan yoshni barmogʻi bilan artdi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
ZARDOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАРДОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zardob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar