zarda
bilan ulashing
1. Oʻt, safro.
2. Jahl, gʻazab, doʻq, baqirish.
-
Nusrat-bek uning tovushidagi zardani payqadi. S. Nurov, Narvon
-
Domlamizning zardalari yomon va achchiqlari tez M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Yodgor Dilshodning unga yana zarda aralash qarab qoʻyganini ilgʻab oldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Zardangiz qursin, har vaqt doʻq bilan gapirasiz! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Valiyev ataylab zarda bilan gapirgan boʻlsa-da, aslida raisdan mamnunligi sezilib turardi. E. Usmonov, Yolqin
zarda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zardasi tutmoq
-
Sultonov zardasi tutsa ham indamadi, bagʻrini yerga berib, boshini koʻtarmay yotaverdi. M. Mansurov, Yombi
Zardasi qaynamoq
-
— Xuddi qoʻrgʻoshin yutgandayman, koʻkragim ogʻir. Mana shu yerimni bossam, ogʻriydi. Qayt qilaman. Zardam qaynab turadi, — dedi Saidiy. A. Qahhor, Sarob
-
Musa koʻsaning zardasi qaynab ketdi. S. Ahmad, Hukm
-
hamon yigit-lik gʻayrati soʻnmagan Toʻlamat polvon traktorchining bu gapidan zardasi qaynadi. S. Anorboyev, Oqsoy
Zarda qilmoq
-
Shundan keyin Rahim bizga zarda qildi: — Men senlarga qoʻshilmayman. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Ayam nimaga zarda qilyapti? — Men ham bilolmay xunobman, — dedi Yorqinoy. R. Rahmon, Mehr koʻzda
ZARDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАРДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zarda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar