zarb
bilan ulashing
1. Qattiq urilish; shiddatli, zalvarli turtki, zarba, kuch.
-
Eshikni zarb bilan yopmoq.
-
Havo toʻlqini zarbidan daraxtlar egilar, shoxlari sinib tushardi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Biroq navkarning oti sakrash zarbidan choʻchib, hurkib ketdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Qilich zarbidan Xonzoda begimning boshidagi boʻrki uchib ketdi-yu, uzun sochlari yoyilib, yelkasiga tushdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Qattiq urish, kaltaklash, mushtlash.
-
Kaltak zarbidan bola yuzini changallab qoldi. Gazetadan
-
Tarro birinchi zarbdayoq yonboshiga agʻdarildi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Biror narsaning ritmik harakati, bir tekisda urib turishi, tepishi.
-
Yurak-tomir zarbi.
-
[Suv] Oʻz yoʻlida uchragan haybatli toshlarga zarb bilan urilib qirgʻoqqa halqa-halqa koʻpik sochmoqda. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
4. esk. mat. Koʻpaytirish usuli, amali.
-
Ikkini uchga zarb qilmoq.
-
Mexanizm ish unumini yuzga, mingga zarb urib yuboradi, degan gap rost ekan. U. Sarimsoqov, Oltin kalit qoʻlimda
5. musiqa Cholgʻu asbobini chalganda kuch va ritm bilan torlarni chertish yoki doirani urish.
-
Dutorchining zarbi yaxshi.
-
Uspenskiy oʻzbek muzikasining tabiatini bilar, oʻz asarlarida uning ohang, zarb va pardalarining oʻziga xos intonatsiya hamda ritmikasini saqlab qola olardi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
zarb soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zarb yemoq
-
Yiqilib qattiq zarb yedim.
Zarb etmoq (yoki qilmoq)
-
Malika jang lavhalari zarb etilgan kumush qalqonni qoʻliga oldi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
ZARB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАРБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zarb so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar