zarba
bilan ulashing
1. Kuchli, shiddatli, zalvarli turtki, urilish; qattiq zarb.
-
Bokschining zarbasi. Hujumchining kuchli zarbasidan soʻng hisob ochildi.
-
Yer bora-bora kuchga boʻysunadi. Yoʻlchining zarbasi ostida toʻnkalar yalangʻochlana, oʻzining qoʻpol, bahaybat gavdasini koʻrsata boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Yakson etuvchi, yoʻq qiluvchi, shikastlovchi keskin harakat, shiddatli hujum.
-
Shiddatli zarbadan dushman talvasaga tushib qoldi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Mirzo Ulugʻbek davom etdi: — Inshoollo, paydar-pay zarba bilan dushmanni parokanda qilib, tor-mor etamiz. Mirmuhsin, Meʼmor
3. koʻchma Ogʻir kulfat, qattiq ruhiy shikast, ziyon-zahmat; turmush qiyinchiligi.
-
Gʻulomjon soʻnggi zarbaning [otasi vafotining} ogʻir jarohatidan uzoq vaqtgacha tuzala olmay yurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
zarba soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zarba bermoq
-
Shimoliy Kavkazda — Molgabek rayonida Nasrullayev qismi dushmanga qaqshatqich zarba berib, shuhrat qozondi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Shilin boshliq jangchilar suv bilan olishar, qirgʻoqqa chiqib olib, dushmanga zarba berishga oshiqar edilar. N. Safarov, Olovli izlar
Zarbaga uchramoq
-
Uning [Jamolovning] soʻnggi kitobi zarbaga uchradi. J. Abdullaxonov, Oriyat
ZARBA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАРБА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zarba so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar