zebo
bilan ulashing
1. Gʻoyat goʻzal, barno, kelishgan.
-
[Samandarning] Quvonchdan chaqnagan koʻzlari oldida oʻsha izlagani zebo qiz namoyon boʻldi. S. Karomatov, Qalbimda quyosh
-
Kiyganida zebo qizlar yangi liboslar, Oʻzbek dilin saxovatin minnat-la eslar. M. Shayxzoda
2. Xushmanzara, koʻrkam, chiroyli.
-
Zebo oʻlka.
-
Koʻklam qizi yuz ochdi, musaffo bezanibdir, Egnida yashil jomasi zebo bezanibdir. Habibiy
-
Bahor naqqoshi yana qoʻliga moʻyqalamini olib, tabiat qoʻyniga zebo naqshlar sola boshladi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
3. Zebo (xotin-qizlar ismi).
ZEBO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗЕБО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ZEBO so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan ZEBO so‘ziga berilgan ma’nolar
zebo so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
zebo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing