zehn
bilan ulashing
Tushunish qobiliyati; idrok, fahm.
-
Bobur oʻz zehnining goʻyo qayralib, oʻtkirlashib qolganini sezib turardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Meʼmorchilikda faqat zehn-u iqtidorning oʻzi kifoya emas. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Uning zehni juda oʻtkir, oʻzi tirishqoq edi P. Qodirov, Uch ildiz
zehn soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zehn solmoq
-
Ota unga zehn solib tikildi-da, turib, eshikdan qaradi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
Zehni oʻtkir
-
Hirot shahrida Zayniddin degan bola bor edi. Zehni oʻtkir, tirishqoq boʻlgani uchun, u maktabda hammadan oldin oʻqish, yozishni oʻrganib olgan. M. Osim, Sehrli soʻz
Zehni past (yoki poʻstak)
-
Meʼmor zehni poʻstak korfarmodan xafa boʻlmay, ichida kuldi. Mirmuhsin, Meʼmor
ZEHN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗЕҲН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zehn so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar