qunduz
bilan ulashing
1. Suvsarsimonlar oilasiga mansub, qimmatbaho moʻynali sutemizuvchilar turkumi.
-
Bu bexatar maskanda Buxoro bugʻusi, qunduz, qirgʻovul kabi hayvonlarni koʻpaytirish koʻzda tutilgan. Fan va turmush
-
Havoda oʻynaydi yulduz, Daryoda oʻynaydi qunduz. Malikayi ayyor
2. so‘zlashuv tili Yoqaga yoki telpak jiyagiga tutilgan oʻsiq yungli har qanday moʻyna.
-
Qunduzi qalin boʻrk.
-
Laylak qor urib turar edi. Munisxon yoqasining qunduzi bilan boʻynini oʻrab zinaning oxirgi pillapoyasida toʻxtab qoldi. A. Qahhor, Sarob
3. Qunduz (xotin-qizlar ismi).
qunduz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qunduz qosh yoki qoshi qunduz
-
Shahlo koʻzlar, oʻsiq jingalak kipriklar, qunduz qosh va qora xollar va boshqa latofatlar oʻziga pisand boʻlmadilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
QUNDUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУНДУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qunduz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar