ziddiyat
bilan ulashing
1. Bir-biriga xiloflik, fikriy qarama-qarshilik, akslik.
-
Domla gapining uchini yoʻqotib qoʻydimi yo fikridagi oshkor ziddiyatdan xijolat tortdimi, yamlanib qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ammo men inondim jannatga bugun, Bu gapda yoʻq aslo ziddiyat, tugun. M. Shayxzoda, Yillar va yoʻllar
-
Boyagi mushkul ziddiyatlar hali ham [Boburning] xayolini band qilib, koʻnglida tugun boʻlib turibdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Murosaga keltirib boʻlmaydigan qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat.
-
Muarrix uch yillik voqealar tafsilotini bayon qilar ekan, oʻzi bilan qoʻl ostidagi kishilar oʻrtasida yuz bergan ziddiyatlarni ham ochiq-oy-din yozaveradi. OʻTA
-
[Mulla Muhiddin:] Shuni bilamanki, sizlar bilan uning oralaringizda suv bilan oʻt orasidagi kabi ziddiyat bor. S. Ayniy, Esdaliklar
3. mnt. fls. Muhokama yuritishda, matn-da, nazariyada va umuman predmet, hodisalarda biri ikkinchisini inkor etadigan ikki mulohazaning mavjudligi va ular oʻrtasidagi munosabatlar.
-
Ziddiyat qonuni.
ZIDDIYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИДДИЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ziddiyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar