ziyorat
bilan ulashing
1. din. Muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib sigʻinish.
-
Shuning uchun chinorning ziyoratiga atrof-tevarakdan har yili tumonat odam kelib ketadi. A. Muxtor, Chinor
2. Hurmat yoki rasmiyat yuzasidan keksa, tabarruk kishilar, hurmatli zotlar huzuriga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olish, ularni muborakbod qilish.
-
— Otamni ziyorat etgali kelib edim, — dedi Amatjon. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
— Mirzo Anvar inimga xudo martaba ato qilgan emish deb eshitdim, — dedi Safar boʻzchi, — pirimni ziyorat qilay, deb kelyapman. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
ziyorat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ham ziyorat, ham tijorat
-
Eshon soʻzini tamom qilgach, mulla Muhammad Salim unga: — Demak, sizning safaringiz ham ziyorat, ham tijorat ekan-da dedi. S. Ayniy, Doxunda
ZIYORAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИЁРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ziyorat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar