zig‘ir
bilan ulashing
1. Poyasidan tola, urugʻidan moy, yogʻ olinadigan bir yillik oʻsimlik.
-
Zigʻir ekmoq.
-
Rais, kolxoziga plan berilmagan boʻlsa-da, ozroq zigʻir, kunjut ektirayotganini, bitta eski juvozni ham saqlab qolib, ishlatayotganligini aytdi. S. Nurov, Narvon
-
Nilufar dalalar yangi kamalak, Dehqon maftun boqar zigʻir guliga. N. Narzullayev, Saylanma
2. Shu oʻsimlikning urugʻi, hosili.
-
Pakana yigitning kiyimlaridan zigʻir yogʻining hidi keladi, uning kasbi juvozkash. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Kavushsimon sham-donga zigʻir yogʻi quyilib, paxta pilik yoqilgan boʻlsa ham, juvozxona ichi qizgʻish qorongʻi edi. N. Fozilov, Oqim
zig‘ir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zigʻir yogʻdek koʻngilga (yoki meʼdaga) tegmoq
-
[Mullaroʻzi Mulladoʻstga:] Hozir bu boyvachchangiz ham meʼdaga zigʻir yogʻdek tegib turibdi. Hamza, Maysaraning ishi
ZIG‘IR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИҒИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zig‘ir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar