achit
bilan ulashing
1. Achimoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Tutun koʻzni achitdi. Goʻja achitmoq.
-
Yoz kunlari [Oʻzbek oyim] ayvonning toʻriga yaslanib, Hasanalining xotini boʻlgan Oybodoqqa, choʻri qiz Hanifaga xamirni achitmaslikni, palovni qirmoch oldirmaslikni tanbehlabgina oʻtirar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kuchli izgʻirin, yuzning terisini shilganday, achitadi, quloqlarni kesadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. kuchma Achchiq gap qilmoq.
-
Doʻst achitib gapiradi, dushman — kuldirib. Maqol
-
— Toʻgʻri aytasiz, mavlono, — dedi Hamza achitib. K. Yashin, Hamza
achit soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jon achitmoq
-
Tun ayoz, izgʻiriq yel toʻrt tarafga yugurib, jon achitmoqchi boʻlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Miyani achitmoq
-
[Abdurasul:] Yangi odamni avrab, miyasini achitmasinlar, oʻzim borib, boshlab chiqa qolay, dedim. P. Tursun, Oʻqituvchi
Yurakni achitmoq
ACHIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЧИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
achit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar