achi
bilan ulashing
1. Mikroorganizmlar taʼsiridagi biokimyoviy jarayon natijasida achimsiq hid yoki maza hosil qilib yetilmoq (loy, vino kabilar haqida).
-
Achigan loy. Vino achiy boshladi.
2. Shunday jarayon natijasida aynimoq, buzilmoq.
-
Achigan sut. Achigan ovqat.
3. Jizillab ogʻrimoq; achishmoq.
-
Tutundan koʻzim achidi.
-
Gʻumay tigʻida uning qoʻli yana qiyildi. Qon oqib, barmogʻi achiy boshlagandan keyin, roʻmolchasiga kaftini oʻrab oldi. I. Rahim, Chin muhabbat
4. koʻchma Achchiq-tizziq gap qilmoq.
achi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Achib (yoki achib-bijib) yotibdi
-
Bozorda kartoshka achib yotibdi.
Joni (yoki ichi, yuragi) achimoq
-
Ha, boʻlmasa joningiz achiganimi bu? Yerni belingiz qayishib topganingizda, joningiz achir edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Oftob oyim] Kumushni koʻrgan sayin, allanechuk yuragi achir, judolik kunlarini aslo tasavvur qilolmas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Appon cholning Tillaga ichi achidi. Yoshlik
Miyasi achimoq
-
Qaydam, men bir miyasi achib qolgan cholman, bolam. S. Ahmad, Hukm
-
Tojiboy taajjubda qolib, boshini liqillatdi: Bir oʻzingiz-a? Yopiray! Miyangiz achib, yuragingiz toshib ketmaydimi? P. Tursun, Oʻqituvchi
Xamiri achimagan
Qarib quyulmagan, achib suyulmagan
ACHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
achi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar