bijg‘i
bilan ulashing
1. Mikroorganizmlar yoki ular ajratadigan fermentlar ishtirokida parchalanib achib, qaynay boshlamoq (organik moddalar haqida).
-
Yozda qimizlari bijgʻib yotadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qayerdaki bijgʻigan axlat mavjud boʻlsa, uning ustida badxoʻr hasharotlar gʻujgʻon oʻynaydi. Mushtum
2. Havosi buzilib, sasib ketmoq; ozodalikka rioya qilmay ivirsib oʻtirmoq.
-
Xudo haqi, uyingdan yalpi vagonning isi keladi. Bijgʻib ketibdi. A. Qahhor, Sarob
-
— Paypogʻingiz qursin, bijgʻib ketibdi axtarma opchiqib tashladim, — dedi xotini Orifjonga. S. Ahmad, Saylanma
-
— Men bilaman, — dedi domla, — opangiz tabiati juda nozik koʻrinadi. Buning oldida Toʻpaning bijgʻib yotishi yaxshi emas. A. Qahhor, Sarob
3. koʻchma Achchiq gap, fisq-u fasod qilmoq.
-
Nimalar deb bijgʻiyapsiz?
4. koʻchma Toʻlib-toshib, gʻuj-gʻuj boʻlib yotmoq; avj olmoq, koʻpaymoq (igʻvo, fitna va shu kabilar haqida).
-
Bijgʻib borur fitna-yu fasod, Imonlarga, hayhot, tushdi darz. M. Ali, Boqiy dunyo
-
Uning [Qoplonbekning] ayyor koʻzi ichida qaynab, bijgʻib yotgan alam va nafratni, baʼzan-baʼzan yuragini fosh qilib qoʻyay der edi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
BIJG‘I so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИЖҒИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bijg‘i so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar