aft
bilan ulashing
1. Odam boshining old qismi; yuz, bet.
-
Safar boʻzchi boshini qashib, yana maxdumning aftiga qarab qoʻydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Soraxon.. shu tobda kirib nima qilar edi deganday qilib, aftini burishtirdi. A. Qahhor, Sarob
2. Yuz koʻrinishi, qiyofa; turq.
-
Havoning taftiga boq, odamning aftiga boq. Maqol
-
Qodir bu odamning aftidan kasb-korini belgilay olmadi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
aft soʻzi qatnashgan jumlalar:
Afti qursin
-
..kuydirgan kalladay irjayadi, uyalmaydi ham! Afti qursin. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
AFT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АФТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aft so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar