ag‘dar
bilan ulashing
1. Tikka holatdan yotqizmoq; yiqitmoq.
-
Birlashgan togʻni agʻdaradi. Maqol
-
Oqsoy qirgʻoqlardan oshib-toshadi. Koʻkka boʻy choʻzgan, magʻrur daraxtlarni agʻdarib, arzimagan bir xasday oqizadi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Tepadan pastga qulatmoq.
-
Otdan agʻdarmoq.
-
Qaqvon shahrining shohini shohi Abbos der edi.. Abbosni fildan agʻdardi. Nurali
3. Idishni toʻnkarib, undagi narsani boʻshatmoq; quymoq, toʻkmoq.
-
Kosadagi sutni togʻoraga agʻdarmoq. Koʻmirni yerga agʻdarmoq. Qopdagi kartoshkani oʻraga agʻdarmoq.
4. Ostini ustiga qilmoq, ichini sirtiga, bir tomonini ikkinchi tomoniga aylantirmoq.
-
Yerni agʻdarmoq. Loyni agʻdarmoq. Xirmonda paxtani agʻdarmoq.
-
Muyulishda yotgan oq qogʻoz Murodjonning diqqatini tortdi va olib agʻdarib koʻrdi. Gazetadan
5. koʻchma Hokimiyat tepasidan yoki yuqori mansabdan tushirmoq; olib tashlamoq.
-
U [Yoʻlchi] dedi:..jamiki mehnatkashlar yaktan boʻlib chiqsa, boylarni va qonxoʻr Nikolayni agʻdarib tashlashi aniq gap. Oybek, Tanlangan asarlar
6. koʻchma Yoʻq qilmoq, barham bermoq.
-
[Qorabuloqliklar] Yelkalarida ezib kelgan qora qashshoqlikni agʻdarib tashlash umidida shod va xurram boʻlib boradilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
7. koʻchma Ayb, jinoyat va sh. k.ni taqamoq.
-
Salim ham butun aybni Yoʻlchiga agʻdarib, oʻzini quruqqa tortdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mirmuhsin, Umid
ag‘dar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Astar-avrasini agʻdarmoq
Yil agʻdarmoq
Koʻngilni agʻdarmoq
Oʻziga agʻdarmoq
-
Gapiring, Abdishukur, juhudning pulini qanday qilib oʻzimizga agʻdaramiz? Oybek, Tanlangan asarlar
AG‘DAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АҒДАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ag‘dar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar