akashak
bilan ulashing
1. Mushaklarning qattiq tortishuvi natijasida qoʻl-oyoqlarning yigʻilib, tortishib qolishi.
-
Qoʻling akashak boʻlsin! (qargʻish).
2. Biror aʼzoning (asosan, oyoq-qoʻlning) harakatlanmay qolishi bilan kechadigan kasallik; shol.
-
Shunday narsani buzsangiz, uvoli tutib, qoʻlginangiz akashak boʻlmaydimi! Yoshlik
3. Oyoq, qoʻlning qotib, tarasha boʻlib qolgan holati.
-
Oyoq-qoʻllari akashak, jat tarrakday boʻlib yotgan murdani koʻrib, Husniya dodlab yubordi. X. Sultonov, Onamning yurti
4. Tob tashlagan, qayishgan.
-
Yefim togʻa dik etib oʻrnidan turdi va bolgʻani qoʻliga olib, oʻqi bukri odamday akashak boʻlib ketgan arava oldiga bordi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
akashak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Akashak qilmoq
-
Hisomxon xotinini urib, qoʻllarini akashak qilib tashladi. K. Aliyev, Millat peshvosi
AKASHAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АКАШАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
akashak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar