aloqa
bilan ulashing
1. Turli vositalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish; xalq xoʻjaligining pochta, telefon, telegraf, radio, televideniye va b. orqali axborotlarni uzatish va qabul qilishni, pochta orqali buyumlar yuborishni taʼminlaydigan tarmogʻi.
-
Pochta aloqasi. Telefon aloqasi.
2. Kishilar yoki narsalar, voqealar, hodisalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabat, ichki bogʻlanish.
-
Sanoatning dehqonchilik bilan aloqasi. Fanning ishlab chiqarish bilan aloqasi. Hokimiyatning keng mehnatkashlar ommasi bilan aloqasi.
3. Kishilar, tashkilotlar, davlatlar oʻrtasidagi muomala, munosabat, bogʻlanish; bordi-keldi.
-
Qardoshlik aloqasi. Doʻstlik aloqasi. Savdo aloqalari. Aloqamiz yaxshi. Aloqalari yomon. Aloqa bogʻlamoq. Aloqada boʻlmoq. Aloqa qilmoq.
-
Xullas, aloqamiz buzilib qoldi. H. Nazir, Choʻl havosi
-
[Anvar] Yaxshi oilaga kuyov boʻlganidek, shahardagi boshqa davlatmandlar bilan ham aloqa bogʻladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
[Hakim boyvachcha] Abdishukur bilan yaxshi aloqada boʻlishga tirishar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Daxldorlik, tegishlilik, daxl.
-
Ochil bu gaplarning menga aloqasi yoʻq deganday qilib, qadamini tezlashtirdi va koridor toʻla studentlarga aralashib, koʻrinmay ketdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Ularni, birinchi navbatda, jinoyatga aloqasi bor, shubhali hayot kechiruvchilar yoqtirmaydi. Gazetadan
5. Sevgi munosabatlari.
-
Anvar xususiy hayoti, ayniqsa, Raʼnoga aloqasidan hech kimga ogʻiz ochmas edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
ALOQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЛОҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aloqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar