amal
bilan ulashing
1. Ilm, nazariya, fikr va shu kabilarning hayotiy reallashuvi.
-
Ilm amal bilan sharofatlidir. Gʻ. Gʻulom
2. Eʼtiqodga oid ish, aqida ishi.
-
Zotan, inson xotirjam yashamas ekan, uning koʻngliga ibodat ham, xayr-u ehson ham, boshqa yaxshi amallar ham sigʻmaydi. Gazetadan
-
Al-maʼruf deganda bajarilishi lozim boʻlgan barcha islomiy amallarni tushunamiz. Gazetadan
3. Umuman, bajarilishi lozim boʻlgan ish, amaliy ish.
-
Virusli gepatit kasalligi bilan ogʻrimaslik uchun quyidagi amallarga rioya qilish lozim. Gazetadan
-
Biz ham oʻz harakatlarimiz, amalimiz bilan yoshlar orasiga koʻproq kirib borishimiz kerak. Gazetadan
4. Masʼul vazifa, mansab.
-
Amalga magʻrur boʻlsang — toʻzdirar. Maqol
-
Kishining qadri amali va unvoni bilan emas, vatanga, xalqiga qilgan xizmati bilan oʻlchanadi. Shuhrat, Shinelli yillar
5. Iloj-imkon, chora.
-
Garchi reja buzildi, lekin bir amalini qilamiz. Oybek, Tanlangan asarlar
6. koʻchma Uygʻonish, hayot boshlanishi (oʻsimlik, daraxt kabilar haqida).
-
Amal vaqti yetganda, tok, anor, anjir koʻmilgan joyida turib ham koʻkaraveradi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
7. mat. Matematik hisobning har bir turi.
-
Toʻrt amal. Arifmetika amallari.
8. etn.
-
Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uning gapiga koʻra, shomonlar oʻz amallari bilan turli balo-qazolarni daf etibdi. Gazetadan
amal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Amalga oshmoq
-
Orzular amalga oshdi. Reja amalga oshdi.
-
Bu ishga ham birorta azamat bosh qoʻshsa, ajab emas, amalga oshsa. Oydin, Hazil emish
Amalga oshirmoq
-
Maqsadni amalga oshirmoq. Rejani amalga oshirmoq.
Amal qilmoq
-
Shifosiz kasalga har bir dori-darmon zahardek amal qilar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
Amal tegmoq
-
Bo-o xudo! Ammangga ham amal tegib qolgan. Kecha-yu kunduz churvaqalar bilan oʻralashgani-oʻralashgan. Nazir, Bir tup gʻoʻza
Amal olmoq
-
Nihol jildirab suv oqib turgan joʻyakka ekilmasa, amal olmaydi. A. Koʻchimov, Halqa
AMAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АМАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
amal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar