alg‘ov-dalg‘ov
bilan ulashing
1. Agʻdar-toʻntar, ur-yiqit, tartibsizlik.
-
Hozir ishbilarmon odamlar ozmi! Lekin algʻov-dalgʻovdan foydalanib, raislik lavozimiga yana Ravshan polvon chiqib olsa-chi? O. Yoqubov, Larza
-
Hamma yoʻq algʻov-dalgʻov, mashinaning ehtiyot qismlari, avtomagnitofon va boshqa bir qancha qismlari oʻgʻirlab ketilgan edi. Gazetadan
2. Tinchsizlik, besaranjomlik, gʻulgʻula, gʻalayon, toʻs-toʻpolon.
-
Miltiq tovushlari bilan boshlangan algʻov-dalgʻovlardan yuragi poʻkillab qolgan mullavachcha yana bir tasodifdan qutulganiga shukur qilib, oʻrnidan turdi-da, hovliga chiqdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bu vaqtda yurt algʻov-dalgʻov edi. I. Shamsharov, Gʻurumsoyliklar
alg‘ov-dalg‘ov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Algʻov-dalgʻov ishlamoq
-
Ular yoz paytlarida, dala ishi ayni avjiga chiqqanda, bir-birlarining yerida algʻov-dalgʻov ishlashib, ogʻirlarini yengil qilib yashashar edi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
ALG‘OV-DALG‘OV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЛҒОВ-ДАЛҒОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
alg‘ov-dalg‘ov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar